Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-2 Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

«Nottingem Forest» «Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jonsga qiziqish bildirmoqda

«Nottingem Forest» «Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jonsga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jons «Nottingem Forest»ning qiziqishlar doirasiga kirdi. Mersisayd klubi rahbariyati Vitor Pereyra jamoasidan bo‘layotgan izchil qiziqishdan xabardor. «Nottingem» Elliot Andersonni «Manchester Siti»ga sotganidan so‘ng maydon markazini kuchaytirish uchun nomzod qidirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq Jonsning transferi bo‘yicha Milanning «Inter» klubi taklif bilan chiqqan edi, biroq ularning 21,5 million funtlik (24,9 million yevro) so‘rovi rad etilgan. «Liverpul» futbolchini 40 million funtga (46,4 million yevro) baholamoqda. Agar so‘ralgan mablag‘ taklif qilinmasa, klub yarim himoyachini o‘z tarkibida saqlab qoladi.

Jonsning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shuningdek, «Nottingem Forest» muqobil variant sifatida o‘z rahbariyatidan transferini so‘ragan «Tottenxem» xavbeki Lukas Bergvall nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 08:39, 29.06.2026.
O'qildi: 489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик