Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Fauler Salohning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchi nomini aytdi

Fauler Salohning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchi nomini aytdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Robbi Fauler ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq «qizillar» safida to‘p surgan hujumchi Muhammad Salohning o‘rnini qaysi futbolchi egallashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Liverpul» kimni sotib olishi haqida ko‘plab mish-mishlar yuribdi, ammo bularning orasida Pulishichning familiyasini ko‘rmadim. Uning yoshi juda ajoyib, Premyer-ligada o‘ynab ulgurgan — ajoyib futbolchi. Men aynan Kristianni tarkibga qo‘shib olgan bo‘lardim — uning bosib o‘tgan yo‘li qaysidir ma’noda Salohning tarixiga o‘xshab ketadi. Bunga nima deysiz?» — deyiladi Faulerning postida.

Yakunlangan klub mavsumida Pulishich «Milan» safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, vinger bundan avval «Chelsi» va Dortmundning «Borussiya» klublarida ham to‘p surgan.

Kiritildi: 08:43, 29.06.2026.
O'qildi: 917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик