Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

«Nyukasl» «Frayburg» xavbeki Yoxan Manzambiga qiziqish bildirmoqda

«Nyukasl» «Frayburg» xavbeki Yoxan Manzambiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Frayburg» va Shveysariya terma jamoasi yarim himoyachisi Yoxan Manzambi «Nyukasl Yunayted»ning qiziqishlar doirasiga kirdi. Angliya klubi futbolchini joriy yozgi transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi Sky Sports.

20 yoshli o‘yinchiga «hakkalar» tomonidan bo‘layotgan qiziqish uning JCH-2026 guruh bosqichidagi sermahsul ishtiroki fonida yanada kuchaydi — u yerda futbolchi 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Germaniyaning «Frayburg» klubi o‘z yarim himoyachisini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.

Ortda qolgan 2025/2026 yilgi mavsumda Manzambi 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:48, 29.06.2026.
O'qildi: 385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик