Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Romano Barkolaning kelajagi tafsilotlarini oshkor qildi

Romano Barkolaning kelajagi tafsilotlarini oshkor qildi

Baho:
+ | -

«PSJ» qanot hujumchisi Bredli Barkola agar katta taklif olsa, Fransiya klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Barkola bilan bog‘liq vaziyat mavhumligicha qolmoqda, chunki Fransiya klubi hujum chizig‘iga ikkita transfer tayyorlamoqda — «Monako» vingeri Magnes Akliush va «RB Leypsig» hujumchisi Yan Diomand. Ta’kidlanishicha, fransiyalik vinger «Liverpul»ning ustuvor maqsadlari ro‘yxatidan joy olgan. Angliya klubi futbolchiga 2025 yilning yozidan beri qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq «PSJ» Diomand bilan besh yillik shartnoma borasida kelishib olgani xabar qilingan edi.

Yakunlangan mavsumda Barkola barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:14, 29.06.2026.
O'qildi: 1209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик