Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana

«Arsenal» rahbariyati Mikel Arteta borasida yakuniy qarorga keldi

«Arsenal» rahbariyati Mikel Arteta borasida yakuniy qarorga keldi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiy Mikel Arteta bilan hamkorlikni davom ettirishga mutlaqo shak-shubha qilmayapti.

HandofArsenal nashrining xabar berishicha, «kanonirlar» rahbariyati ispaniyalik mutaxassis tez orada shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda. Yangi muzokaralar shu yozda bo‘lib o‘tadi. Murabbiyning klub transfer ishlarida faol ishtirok etayotgani tomonlarning yangi bitim tuzish borasidagi o‘zaro xohish-istaklarining yaqqol belgisi sifatida baholanmoqda.

Mikel Arteta 2019 yilning dekabr oyidan buyon «Arsenal» boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 44 yoshli murabbiyning poytaxt grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi keyingi yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi.

Yakunlangan mavsumda «Arsenal» 2004 yildan beri ilk bor Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 11:43, 29.06.2026.
O'qildi: 514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик