Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

«Napoli» yarim himoyachisini «Tottenxem»ga sotishdan bosh tortdi

«Napoli» yarim himoyachisini «Tottenxem»ga sotishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Bir yo‘la bir nechta klub, jumladan «Tottenxem» ham «Napoli»dan 23 yoshli yarim himoyachi Antonio Vergarani sotib olishga urinib ko‘rdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manbaning xabar berishicha, neapolliklar Angliya Premyer-ligasi vakillari — «Tottenxem» va «Bornmut» klublaridan kelib tushgan takliflarni rad etgan. Bundan tashqari, klub Vergarani A Seriyaning boshqa vakillari — «Komo» va «Atalanta»ga qo‘yib yuborishni ham istamagan.

«Napoli» o‘z yarim himoyachisini tarkibda saqlab qolmoqchi, chunki klub uni kelajakdagi yangi loyihaning asosiy va muhim o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, Italiya klubi yaqin orada xavbek bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Vergara — «Napoli» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi barcha turnirlarni inobatga olgan holda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:38, 29.06.2026.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик