Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Meyson Grinvud Saudiya Arabistonining uchta klubiga rad javobini berdi

Meyson Grinvud Saudiya Arabistonining uchta klubiga rad javobini berdi

Baho:
+ | -

«Marsel» klubining 24 yoshli vingeri Meyson Grinvud Saudiya Arabistoni klublaridan kelib tushgan juda foydali va moliyaviy jihatdan baquvvat takliflarni rad etdi. Bu haqda insayder jurnalist Sasha Tavolyeri ma’lum qildi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Al-Ahli», «Al-Qodisiya» va «Al-Diriya» klublari urinib ko‘rishgan, biroq ularning barchasi rad javobini olgan. Futbolchi uchun kurashda Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi qolmoqda. Istanbulliklar Grinvud bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda va futbolchi bilan to‘liq kelishuvga erishishga intilishmoqda.

Ortda qolgan mavsum Grinvud uchun juda muvaffaqiyatli kechdi. Hujumchi barcha turnirlarda jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt mutaxassislari ayni paytda futbolchining transfer qiymatini 55 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 13:16, 29.06.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик