Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Romario portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati — 2026 dan keyin faoliyatini yakunlamasligi kerak, deb hisoblaydi.
«Odamlar Ronalduni boricha qabul qilishlari kerak, ammo shu bilan birga, bugungi Krishtianuni uning 28 yoki 30 yoshlik payti bilan solishtirib bo‘lmasligini ham tushunishlari lozim. Hayot shunday tuzilgan: biz qariymiz, tajribaliroq bo‘lamiz. Uni o‘rnida bo‘lganimda, men ham to‘xtamagan bo‘lardim. To 1000 ta gol urmagunimcha davom etavergan bo‘lardim», — deya Romarioning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Shimoliy Amerikadagi mundialda 41 yoshli Ronaldu guruh bosqichining uchta uchrashuvida maydonga tushdi va O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliyaliklar «K» guruhida ikkinchi o‘rinni egallashdi — 1/16 finalda ularni Xorvatiya milliy terma jamoasi kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 ning final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













