Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Rasman: Enso Mareska — «Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi

Rasman: Enso Mareska — «Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi

Baho:
+ | -

Enso Mareska «Manchester Siti» klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi.

Bundan avval «Chelsi»da faoliyat yuritgan 46 yoshli italiyalik mutaxassis «shaharliklar» bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Mareska «Siti» klubida Pep Gvardiolaning o‘rnini egalladi. Ispaniyalik mutaxassis klubdagi 10 yillik faoliyati davomida jami 20 ta sovrinni qo‘lga kiritgan edi. E’tiborlisi, Enso ilgari kataloniyalik murabbiyning shtabida (2022-2023 yillarda) ishlagan va Manchester klubining yoshlar jamoasini boshqargan.

Qayd etish lozimki, Mareska bosh murabbiy sifatida «Lester» bilan Chempionshipda zafar quchgan, «Chelsi» bilan esa Konferensiyalar Ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, murabbiy faoliyati davomida «Parma» klubida ham mustaqil ravishda ish olib borgan.

Kiritildi: 18:09, 29.06.2026.
O'qildi: 1233 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик