Braziliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Markinyos Jahon chempionati — 2026 ning 1/16 finali doirasida Yaponiya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Oson bo‘lmagan o‘yin kutmoqda, ammo biz to‘liq tayyormiz. Raqibni aslo kamsitmaymiz. Yaponiya guruh bosqichida o‘z darajasini ko‘rsata oldi. Biz ularning kuchli tomonlarini zararsizlantirishimiz kerak. Jamoamiz esa o‘yindan o‘yinga kuchayib bormoqda», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Globo nashri.
Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv dushanba, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bahsning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 22:00 da chalinadi.













