Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

La Liga klubi «Real Madrid» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

La Liga klubi «Real Madrid» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Xoan Martines «Valensiya» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

18 yoshli futbolchi juda istiqbolli hisoblanadi, biroq «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibida hali debyut qilgani yo‘q — u «Kastilya» (klubning ikkinchi jamoasi) safida tajriba to‘plashda davom etmoqda. Marca nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Valensiya» yosh ispaniyalikni keyingi mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

E’tiborlisi, Xoan Martines o‘z faoliyatini aynan Valensiya shahrida joylashgan «Levante» akademiyasida boshlagan. Yakunlangan mavsumda futbolchi «Real»ning ikkinchi jamoasi safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining transfer bahosini 5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:43, 29.06.2026.
O'qildi: 2951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик