Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

«Manchester Siti» rahbari Mareskaning tayinlanishi haqida fikr bildirdi

«Manchester Siti» rahbari Mareskaning tayinlanishi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» direktorlar kengashi raisi Haldun al-Muborak italiyalik murabbiy Enso Mareska bilan shartnoma imzolanganiga munosabat bildirdi.

46 yoshli mutaxassis ingliz klubida 2029 yilning yoziga qadar faoliyat yuritadi. Eslatib o‘tamiz, u bundan avval Londonning «Chelsi» klubini boshqarayotgan edi.

«Enso doimo o‘z murabbiylik faoliyatida yangi sinovlardan o‘tish va muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini izlab kelgan. U ishga o‘ziga xos xarakter, ishtiyoq va zakovat olib kiradi, bu esa bizning talablarimizga to‘liq mos keladi. Uning «Manchester Siti»ga qaytishi — ham uning o‘zi, ham klub uchun keyingi mantiqiy qadamdir», — deya boshchining so‘zlarini keltiradi «shaharliklar» matbuot xizmati.

«Manchester Siti» yakunlangan mavsumda Angliya Premyer-ligasida g‘olib chiqa olmadi. Jamoa chempionlikni «Arsenal»ga boy berib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 19:27, 29.06.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик