Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Jurnalist Rafinyaning kelajagi haqida: «Uni sotish mantiqqa to‘g‘ri kelishi mumkin»

Jurnalist Rafinyaning kelajagi haqida: «Uni sotish mantiqqa to‘g‘ri kelishi mumkin»

Baho:
+ | -

Jurnalist Joan Mariya Batlyening fikriga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati shu yozda Rafinya Diasning sotuvini ko‘rib chiqishi mumkin.

29 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirmoqda.

«Rafinya bilan bog‘liq vaziyat har qachongidan ham mavhum bo‘lib turibdi. Jarohatlar, Saudiya Arabistoni haqidagi mish-mishlar, Gordonning sotib olingani va klubga katta miqdordagi mablag‘ kerakligi — bularning barchasi iqtisodiy nuqtai nazardan «Barselona» uchun hozir Rafinya bilan xayrlashish mantiqli qadam bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Ehtimol, uni sotish uchun eng yaxshi payt aynan hozirdir. Sport nuqtai nazaridan esa bu juda murakkab masala, chunki Rafinya baribir Rafinyaligicha qoladi. Endi hamma narsa uning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi», — deya Batlyening so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda braziliyalik yulduz navbatdagi jarohatini oldi, shu sababli u Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.

Kiritildi: 19:31, 29.06.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик