Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Olise boshqa klublarning qiziqishi tufayli «Bavariya» rahbariyati bilan gaplashib olmoqchi

Olise boshqa klublarning qiziqishi tufayli «Bavariya» rahbariyati bilan gaplashib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Bavariya» vingeri Maykl Olise Myunxen klubi rahbariyati bilan boshqa jamoalar tomonidan bo‘layotgan qiziqishlar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilib olmoqchi.

Fransiya terma jamoasi futbolchisi Madridning «Real» va Fransiyaning «PSJ» klublari qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

AS nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Olise «Bavariya» rahbariyati uning vaziyati haqida qanday fikrda ekanini bilishni va myunxenliklar uni qanchalik qadrlashiga ishonch hosil qilishni istamoqda.

Olise va uning atrofidagilar Jahon chempionati yakunlanganidan keyin vaziyatni xotirjam tahlil qilib, keyinchalik qanday yo‘l tutish bo‘yicha bir qarorga kelishmoqchi.

Germaniya klubi esa Olise ular bilan gaplashib olmoqchi ekanidan xabardor va uning shaxsi atrofidagi turli mish-mishlar futbolchiga ta’sir o‘tkazayotganidan shubhalanmoqda.

Kiritildi: 19:40, 29.06.2026.
O'qildi: 2325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик