Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Mareska: «Mavsum o‘rtasida «Chelsi»dan ketganim klub ishiga salbiy ta’sir qildi»

Mareska: «Mavsum o‘rtasida «Chelsi»dan ketganim klub ishiga salbiy ta’sir qildi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi etib tayinlangan Enso Mareska 2026 yilning yanvar oyida «Chelsi»ni tark etgani bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Bundan avval London klubi Mareska 2025 yilning kuzidayoq «shaharliklar» tepasida Pep Gvardiolaning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida rahbariyatni ogohlantirganini ma’lum qilgan edi.

«2025 yilning dekabr oyi oxirida men «Chelsi»dan ketishdek qiyin qarorni qabul qildim. Bu qaror faqat va faqat mening shaxsiy tanlovim edi.

«Chelsi»dagi iste’fom men uchun o‘zim juda yaxshi bilgan klub — «Manchester Siti»ga yo‘l ochdi. Hozirda «Manchester Siti»da ekanligimdan juda ham mamnunman.

Tan olaman, mavsum o‘rtasida «Chelsi»ni tark etganim klub ishida ma’lum bir uzilishlar va muammolarni keltirib chiqardi — buning uchun o‘z uzrimni so‘rayman. Mening maqsadim va istagim aslo bunday bo‘lmagan.

«Chelsi»da hamma meni juda yaxshi kutib olgandi. Biz birgalikda katta muvaffaqiyatlarga erishdik va men umrbod qadrlaydigan xotiralarni yaratdik.

Menga ushbu imkoniyatni taqdim etgani uchun klubga, rahbariyatga va muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», — deya bayonot berdi Enso Mareska.

Kiritildi: 19:42, 29.06.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик