Madridning «Real» klubi va klub prezidenti Florentino Peres Venesuelada yuz bergan zilzila qurbonlariga yordam berish uchun 2 million yevro mablag‘ ajratadi. «Real» bu haqda o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.
Klub Venesuelada sodir bo‘lgan bir qator zilzilalardan so‘ng jabr ko‘rganlar va og‘ir ahvolda qolgan oilalarga yordam sifatida 1 million yevro o‘tkazib beradi. Xuddi shuncha miqdordagi mablag‘ni (1 million yevro) prezident Florentino Peres o‘z hisobidan shaxsan xayriya qiladi. Shuningdek, «Real» jamg‘armasi Qizil Xoch jamiyati bilan hamkorlikda jabrlanganlar uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi.
«Biz «Real» klubi sifatida ushbu juda murakkab davrda Venesuela xalqiga o‘zimizning butun qo‘llab-quvvatlashimiz, mehrimiz va birdamligimizni izhor etmoqchimiz», — deyiladi klubning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.













