Germaniyalik sobiq futbolchi, 2014 yilgi jahon chempioni Per Mertezaker Germaniya terma jamoasining JCH-2026 1/16 final bosqichida musobaqani tark etganiga munosabat bildirdi. «Bundestim» kutilmaganda Paragvay jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
«2024 yilda ikki yildan keyin yana Jahon chempionatida g‘olib chiqishimiz haqida gap-so‘zlar bo‘lgandi. Endi buni unutish mumkin. Tez orada yana cho‘qqiga qayta olish uchun biz hali juda ko‘p mehnat qilishimiz kerak.
Germaniya guruh bosqichining eng yomon terma jamoasiga qarshi o‘ynadi. Bunday mag‘lubiyatdan keyin hamma chuqur o‘ylab ko‘rishi lozim. Bunday natija ambisiyalarimizga umuman mos kelmaydi», — deya sobiq himoyachining so‘zlarini keltiradi Sport.sky.de.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa Germaniya 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.













