Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

«Real» Kamavinganing narxini belgiladi

«Real» Kamavinganing narxini belgiladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida o‘zining yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani qancha summaga sotishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Diario AS nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, «Real» agar 60 million yevro miqdorida taklif olsa, 23 yoshli fransuz futbolchisini qo‘yib yuborishga tayyor. Ayni damda «PSJ» va «Milan» yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgan klublar qatoridan joy olgan. Tez orada Kamavinga «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan suhbat o‘tkazishi kutilmoqda.

Yakunlangan mavsumda Kamavinga barcha turnirlarni hisobga olgan holda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yarim himoyachining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 14:58, 30.06.2026.
O'qildi: 465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик