Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Pubil Alvares haqida: «Futbolchi qolgisi kelmasa, u ilgarigidek yaxshi o‘yin ko‘rsata olmaydi»

Pubil Alvares haqida: «Futbolchi qolgisi kelmasa, u ilgarigidek yaxshi o‘yin ko‘rsata olmaydi»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Mark Pubil jamoa hujumchisi Xulian Alvares bilan bog‘liq vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Avvalroq argentinalik hujumchi madridliklar safini tark etish istagini oshkora ma’lum qilgan edi.

«Agar Xulian «Atletiko»da baxtli bo‘lmasa, voqealar rivoji qanday tus olishini kuzatamiz, lekin uning ketishini tushunaman. Bu bir oz g‘alati bayonotlar, ammo Xulian — buyuk futbolchi va siz doim bunday o‘yinchi jamoangizda bo‘lishini xohlaysiz. Biroq, agar futbolchi klubda qolishni istamasa, u ilgarigidek foydali bo‘lmay qo‘yadi», — deya Pubilning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Avvalroq Alvares «Atletiko» rahbariyatidan «o‘z orzusini amalga oshirish» uchun uni qo‘yib yuborishlarini ochiqchasiga so‘ragan, biroq aynan qaysi klubga o‘tmoqchi ekanligini nomlamagan edi. Unga asosiy da’vogar sifatida «Barselona» ko‘rilmoqda — kataloniyaliklar hujumchi uchun allaqachon 100 million yevro taklif qilishga ulgurgan.

Kiritildi: 16:45, 30.06.2026.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик