Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

“Manchester Siti” marokashlik futbolchining vakillari bilan muzokara o‘tkazdi

“Manchester Siti” marokashlik futbolchining vakillari bilan muzokara o‘tkazdi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” klubi “Lill” hamda Marokash milliy jamoasi yarim himoyachisi Ayyub Buaddi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. Ingliz klubi rahbariyati futbolchi kelajakda jamoaning yetakchilaridan biri bo‘lishiga ishonmoqda. Shu bois ushbu transferni amalga oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda Ayyubga Yevropaning to‘rtta klubi qiziqish bildirmoqda. Ular qatorida “PSJ” ham bor, biroq parijliklar e’tiborini boshqa transferlarga qaratgani sababli marokashlik futbolchini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatgan. “Manchester Siti” esa unga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati uni xarid qilgan taqdirda ham, 2027/2028 yilgi mavsum boshlanguniga qadar yana “Lill”da qoldirish rejasini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ayyub Buaddi aynan “Lill” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsum jamoa safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchi ayni paytda Marokash milliy jamoasi safida JCH-2026 da ishtirok etmoqda. Turnirning 1/16 finalida Marokash Niderlandiya ustidan g‘alaba qozondi (asosiy va qo‘shimcha vaqt — 1:1, penaltilar seriyasida — 3:2). Endi jamoa 4 iyul kuni 1/8 final doirasida Kanada bilan kuch sinashadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:23, 30.06.2026.
O'qildi: 2037 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик