«Tottenxem» «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandeshni sotib olish jarayonini yakunlamoqda. Avvalroq xabar berilganidek, klublar o‘rtasida kelishuv shartlari bo‘yicha to‘liq hamfikrlikka erishilgan — «shporlar» ushbu transfer uchun 85 million funt sterling (taxminan 99 million yevro) to‘lashadi. Bu «Tottenxem» klubi tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Tez orada 21 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnomaga imzo chekadi.
Portugaliyalik iqtidor egasi uchun kurashda «Manchester Yunayted» ham ishtirok etayotgan edi, biroq «qizil iblislar» «Vest Xem» tomonidan qo‘yilgan narxni haddan tashqari yuqori deb hisoblashdi.
«Tottenxem»ning ayni damdagi rekord transferi o‘tgan yili o‘rnatilgan edi — o‘shanda klub Xavi Simons uchun 65 million yevro to‘lagan.













