Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» «Yuventus»ga Kolo-Muanining narxini ma’lum qildi

«PSJ» «Yuventus»ga Kolo-Muanining narxini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» va «Yuventus» hozircha hujumchi Randal Kolo-Muanining transfer shartlari bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q.

«Keksa sinyora» 27 yoshli futbolchining o‘zi bilan allaqachon kelishib olgan — tomonlar besh yillik shartnoma borasida og‘zaki rozilikka erishgan. Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, «Yuventus» «PSJ»ga Chempionlar Ligasiga yo‘llanma qo‘lga kiritilgan taqdirda 36-37 million yevro evaziga majburiy sotib olish sharti bilan ijara variantini taklif qilmoqda. Biroq parijliklar o‘z so‘zida turib turibdi — ular 40 million yevro talab qilishmoqda. Katta ehtimol bilan, klublar baribir o‘zaro murosaga kelishadi.

Randal Kolo-Muani 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ham turinliklar safida to‘p surgan edi. O‘tgan mavsumni esa fransiyalik futbolchi ijara asosida «Tottenxem»da o‘tkazdi va u yerda o‘zini u qadar yorqin ko‘rsata olmadi.

Kiritildi: 15:03, 01.07.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик