Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Ekvador terma jamoasi JCH-2026dan chiqib ketganidan so‘ng murabbiy bilan xayrlashdi

Ekvador terma jamoasi JCH-2026dan chiqib ketganidan so‘ng murabbiy bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Ekvador terma jamoasi bosh murabbiyi Sebastyan Bekkasese jamoa jahon chempionatini tark etganidan so‘ng darhol o‘z lavozimidan ketdi.

Bu haqda 45 yoshli mutaxassis Meksikaga qarshi kechgan va 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan 1/16 final uchrashuvidan keyin shaxsan o‘zi e’lon qildi. Murabbiyning shartnoma muddati tugab borayotgan edi va tomonlar hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilishdi.

Ekvador terma jamoasi o‘z guruhida to‘rt ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egallagan edi. Guruh bosqichining yakuniy turida ekvadorliklar Germaniyani mag‘lub etishgan (2:1), undan avval esa Kyurasao bilan durang o‘ynab (0:0), Kot-d'Ivuarga imkoniyatni boy berishgandi (0:1). Sebastyan Bekkasese ushbu lavozimda 2024 yilning avgust oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Kiritildi: 15:28, 01.07.2026.
O'qildi: 419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик