Yaqinda Madridning «Atletiko» klubi markaziy yarim himoyachisi Koke o‘z jamoasi bilan shartnoma muddatini uzaytirgani ma’lum bo‘lgan edi. Keyingi mavsum «matraschilar» tarkibidagi 18-mavsumi bo‘ladigan ispaniyalik futbolchi ushbu voqea borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hayotim mazmuniga aylangan klubda yana bir mavsum qola olishim — men uchun katta faxr. Maydonda ham, uning tashqarisida ham jamoadoshlarimga yordam berayotganimdan faxrlanaman. Umid qilamanki, bu shunchaki yana bir yil bo‘lib qolmaydi, balki bunday mavsumlar hali ko‘p bo‘ladi. Biz buning ustida ishlaymiz», — dedi Koke.
Yakunlangan mavsumda 34 yoshli Koke barcha turnirlarda jami 56 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Ispaniya chempionatining yangi mavsumi joriy yilning 16 avgustidan start oladi.













