«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Roy Kin JCH-2026 favoritlari sifatida Fransiya va Argentina terma jamoalarini tilga oldi.
«Fransiyaning hujum chizig‘i boshqa hech bir jamoanikidan qolishmaydi. Ammo keyinchalik biz Braziliya o‘yinida ham xuddi shunday holatni ko‘rdik. Angliya terma jamoasi yetakchilari Panamaga qarshi bahsda o‘z o‘yinlarini kuchaytirishganiga guvoh bo‘ldik. Statistika bo‘yicha Fransiya kuchliroq ekani yaqqol ko‘rinib turibdi. Lekin, eshiting, menimcha, Argentina haqida ham xuddi shu gaplarni aytish mumkin.
O‘ylaymanki, Argentina va Fransiya ajoyib tarkibga va yuqori imkoniyatlarga ega. Agar ular finalda to‘qnash kelishsa, bu hech qanday kutilmagan holat bo‘lmaydi. Aksincha, agar ular finalda o‘ynashmasa, men hayron qolaman», — dedi Kin ITV efirida.













