Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

«Atletiko» prezidenti Alvaresning ketish haqidagi gaplariga javob berdi

«Atletiko» prezidenti Alvaresning ketish haqidagi gaplariga javob berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi prezidenti Enrike Sereso hujumchi Xulian Alvares bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi. Avvalroq argentinalik futbolchi «orzusini amalga oshirish» uchun klubni tark etmoqchi ekanligini ommaviy ravishda e’lon qilgan edi, biroq rahbariyatning pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda.

«Hammasidan xabaringiz bor: u «Atletiko» futbolchisi va «Atletiko» futbolchisi bo‘lib qoladi. Uning bayonoti bizni hayratda qoldirdi va biz o‘z vazifamizni bajardik — u «Atletiko» o‘yinchisi ekanligini, bizda hech kimdan hech qanday taklif yo‘qligini aytdik. Hatto takliflar bo‘lgan taqdirda ham, biz uni sotishni xohlamaymiz va bunga tayyor emasmiz, tamom-vassalom», — deya Seresoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

Alvaresning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda 26 yoshli forvard barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchiga «Barselona» klubi qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 17:13, 01.07.2026.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик