Germaniyada 2024 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq ehtimoliy korrupsiya holatlari yuzasidan tergov davom etmoqda.
Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Chorshanba kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari Germaniya futbol ittifoqining bosh qarorgohida, shuningdek, yana bir qator tashkilotlarda tintuv ishlarini olib borishdi. Prokuratura va polisiyaning ma’lum qilishicha, ular turli shaxslarga, jumladan, xalqaro futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishlari uchun «noqonuniy ustuvorliklar taqdim etilishi» holatlarini tergov qilishmoqda.
Tergov talqiniga ko‘ra, mezbon shaharlardan birining vakili musobaqani o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan kompaniya vakillaridan xuddi shunday huquqni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, o‘yinlarni qabul qilgan shaharlarga chiptalarni oldindan sotib olish bo‘yicha eksklyuziv huquqlar taqdim etilganlikda gumon qilinmoqda.













