Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Liverpul»ning yangi himoyachisi og‘ir jarohatdan so‘ng safga qaytish muddatini aytdi

«Liverpul»ning yangi himoyachisi og‘ir jarohatdan so‘ng safga qaytish muddatini aytdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubiga yaqindagina kelib qo‘shilgan markaziy himoyachi Jeremi Jake o‘zining sog‘lig‘i borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida 20 yoshli fransiyalik futbolchi «Renn» safida to‘p surayotgan vaqtida yelkasidan jarohat olgan edi.

«O‘zimni ancha yaxshi his qilyapman va mavsum oldi tayyorgarlik boshlanishiga 100 foiz tayyor bo‘laman, chunki men belgilangan grafikdan biroz oldinda ketmoqdaman. Agar mehnat qilishda davom etsam, mavsum boshlanishiga juda yaxshi sport formasida bo‘laman», — deya Jakening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «qizillar» matbuot xizmati.

Fransiyalik futbolchi mersisaydliklar safida Angliya Premyer-ligasida 23 avgust kuni debyut qilishi mumkin. Ichki chempionat yangi mavsumining birinchi turi doirasida «Liverpul» «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 18:30, 01.07.2026.
O'qildi: 1263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик