Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Roberto Martines: «Jahon chempionati ertaga boshlanadi»

Roberto Martines: «Jahon chempionati ertaga boshlanadi»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan Xorvatiya terma jamoasiga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi. O‘yin 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 04:00da boshlanadi.

«Jamoamiz birdamligimiz, iqtidorimiz va maqsad sari intilishimiz tufayli juda kuchli. Men kuchimizga ishonaman. Tayyorgarlik o‘tkazilgan uchta o‘yinni o‘z ichiga oldi, ularda qiyin lahzalar bo‘ldi, lekin biz matonat va fidoyilik ko‘rsatdik. Yaxshi darajada o‘ynayotganingda g‘alaba qozonish muhim, ammo shunchaki yutqazmaslik ham ahamiyatli. Kolumbiyaga yutqazmaslik juda muhim edi. Jahon chempionati ertaga boshlanadi».

Xorvatiya terma jamoasi haqida

«Xorvatiya – bu Xorvatiya, ular to‘pga egalik qilishni yaxshi ko‘rishadi, bu katta ta’sirga ega futbolchilarga ega bo‘lgan, texnik jihatdan yaxshi shakllangan jamoa. Angliyaga qarshi o‘yinda ular juda yuqori pressing ishlatishdi, keyin esa pragmatikroq o‘ynay boshlashdi. Ertaga to‘pni nazorat qila olish muhim jihat bo‘ladi. Syurprizlar bo‘lmaydi, jamoalar bir-birini yaxshi bilishadi».

Krishtianu Ronaldu va Luka Modrich terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida

«Ular kumirlardir, shunday o‘rnaklar bo‘lishi muhim. Bu Ronalduning so‘nggi raqsi bo‘lmaydi deb umid qilamiz», – dedi Martines.

Kiritildi: 07:24, 02.07.2026.
O'qildi: 866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик