Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

JCH-2026: Portugaliya va Xorvatiya o‘rtasidagi super to‘qnashuvning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum

JCH-2026: Portugaliya va Xorvatiya o‘rtasidagi super to‘qnashuvning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum

Baho:
+ | -

2 iyuldan 3 iyulga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda Portugaliya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Jamoalar Torontodagi (Kanada) «Bi-Em-O Fild» stadionida maydonga tushishadi. Uchrashuvni Espen Eskos (Norvegiya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da chalinadi.

Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari

Portugaliya: Diogu Koshta, Kanselu, Diash, Veyga, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Brunu Fernandesh, Netu, Leau, Ronaldu.

Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Perishich, Modrich, Kovachich, Suchich, Baturina, Vlashich, Budimir.

Portugaliyaliklar «K» guruhida O‘zbekistonni (5:0) mag‘lub etib, Kongo DR (1:1) va Kolumbiya (0:0) bilan durang o‘ynagan holda ikkinchi o‘rinni egallashdi. Xorvatlar esa «L» kvartetida ikkinchi bo‘lishdi. Jamoa Angliyaga (2:4) imkoniyatni boy berdi, biroq Panama (1:0) hamda Gana (2:1) terma jamoalari ustidan g‘alaba qozondi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:46, 03.07.2026.
O'qildi: 880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик