Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» JCHda porlagan bosniyalik himoyachi transferini hal qilmoqda

«Yuventus» JCHda porlagan bosniyalik himoyachi transferini hal qilmoqda

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsata olgan futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Bosniyalik Tarik Muxaremovich «Sassuolo» sharafini himoya qiladi va Italiya chempionati bilan juda yaxshi tanish — Bolqon yarim orolidan kelgan futbolchilar uchun bu turnir yetarlicha yuqori darajada to‘p surish imkonini beruvchi ajoyib makon hisoblanadi.

«Yuventus» rahbariyati futbolchining mahoratiga to‘liq ishonch hosil qilgani va uni sotib olishga yaqin kelgani haqida taniqli italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Shu bilan birga, «Sassuolo» klubi ham bu transferdan foyda oladi — futbolchi klubni erkin agent sifatida (tekinga) tark etsa-da, «neroverdi» (qora-yashillar) uning keyingi sotuvidan tushadigan mablag‘ning 50 foiziga egalik qiladi.

Kiritildi: 07:52, 03.07.2026.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик