Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Simeone Alvaresning kelajagi haqida gapirdi: «Hozir uning butun e’tibori Argentina terma jamoasiga qaratilishi kerak»

Simeone Alvaresning kelajagi haqida gapirdi: «Hozir uning butun e’tibori Argentina terma jamoasiga qaratilishi kerak»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida ishtirok etayotgan hujumchi Xulian Alvares bilan suhbatlashganini ma’lum qildi. Shuningdek, u futbolchining klubdagi kelajagi haqida ham fikr bildirdi.

JCH-2026 doirasida Avstriya ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyin Alvares: «Kelajagim uchun eng yaxshi qaror — transfer», deya bayonot bergan edi.

«Hozir Xulianning kelajagi — faqat Argentina terma jamoasining Kabo-Verdega qarshi o‘yini. U bor e’tiborini shu bahsga qaratishi va boshqa narsalar haqida o‘ylamasligi kerak. Bu oson emas, chunki atrofida turli voqealar bo‘layapti. Ammo vaqt kelganda hammasi hayotda bo‘lgani kabi o‘z yechimini topadi.

Alvares bilan uchrashuvim haqida aytsam, men terma jamoa qarorgohiga o‘g‘lim Julianoni ko‘rish uchun borgandim va o‘sha yerda Xulian bilan ham qisqacha suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Undan ahvolini va to‘pig‘idagi jarohati qanday ekanini so‘radim. U menga o‘zini yuz foiz tayyor his qilayotganini aytdi. Oxirgi uchrashuvda u o‘ziga o‘xshamadi, ammo hozir o‘yin sur’atini qayta tikladi va boshqacha shiddat namoyish etmoqda.

Alvares — ajoyib futbolchi. Ayni paytda u «Atletiko»ning eng yaxshi o‘yinchisi. Uning statistikasi barchasini ko‘rsatib turibdi va haqiqatan ham favqulotda. U jamoamizda namoyish etayotgan o‘yini bilan noyob futbolchi ekanini isbotlamoqda. Biz undan va uning o‘yinidan juda mamnunmiz», — dedi Simeone ESPN nashriga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:29, 03.07.2026.
O'qildi: 1201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик