Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Nagelsman Germaniya terma jamoasidan ketsa, qancha tovon puli olishi ma’lum bo‘ldi — AS

Nagelsman Germaniya terma jamoasidan ketsa, qancha tovon puli olishi ma’lum bo‘ldi — AS

Baho:
+ | -1

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) rahbariyati va Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman o‘zaro kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, mutaxassis o‘z xohishi bilan lavozimini tark etgan taqdirda 7 million yevro miqdorida tovon puli oladi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya futbol ittifoqi rahbariyati Nagelsmanni ixtiyoriy ravishda iste’foga chiqishga ko‘ndirishga urinmoqda. Ular bu qaror murabbiyning obro‘siga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, moliyaviy masala ham muhim omil bo‘lib qolmoqda. Agar Nagelsman ishdan bo‘shatilsa, u taxminan 14 million yevro tovon puli olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Paragvayga asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 15:17, 03.07.2026.
O'qildi: 1540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик