«Liverpul» klubining 34 yoshli himoyachisi Virgil van Deyk yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk jurnalisti Grem Beyli xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul»da endilikda van Deykni «teginilmas» (jamoadan ketmaydigan) futbolchi deb hisoblashmayapti. Mersisaydliklar kelib tushadigan har qanday jiddiy takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq, klubning o‘zi futbolchining ketishi bo‘yicha birinchi bo‘lib tashabbus ko‘rsatmoqchi emasligi alohida ta’kidlangan.
Hozirgi vaqtda ushbu himoyachiga Italiyaning «Milan» klubi qiziqish bildirmoqda. Futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni shaxsan «rossoneri»ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim xohlamoqda.
Van Deyk 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib keladi. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













