Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Yurgen Kloppni milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida ish boshlashidan oldin Red Bull kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. 59 yoshli mutaxassis 2025 yildan buyon Red Bull kompaniyasida xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor lavozimini egallab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan. Bu haqda Bild nashriga tayangan holda Goal portali xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilotlar o‘rtasidagi muzokaralar "ancha murakkab" kechishi mumkin va mutaxassisning o‘zida xohish bo‘lishiga qaramay, Kloppning Germaniya terma jamoasiga tayinlanishi kafolatlanmagan.
Ta’kidlanishicha, Red Bull shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun bir necha millionlik tovon puli talab qilishi mumkin. Avvalroq DFB milliy terma jamoaga murabbiy olib kelish uchun hech qachon kompensasiya to‘lamagan.













