2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tadigan Braziliya — Norvegiya uchrashuvi boshlanish vaqti o‘zgarishi mumkin. Bu haqda ESPN Brasil xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, FIFA noqulay ob-havo sharoiti tufayli bahsni bir soatga kechroq boshlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Shunday bo‘lsa, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 5 iyuldan 6 iyulga o‘tar kechasi soat01:00 emas, balki 03:00da start oladi.
Bunday qarorga hududda kuzatilayotgan kuchli issiq sabab bo‘lgan. Avvalroq Nyu-York va uning atrofida havo harorati 37°Cgacha ko‘tarilishi, his qilinadigan harorat esa 43°Cga yetishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uchrashuv Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi.













