Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Tottenxem»ga Portugaliya terma jamoasi yulduzi taklif qilindi

«Tottenxem»ga Portugaliya terma jamoasi yulduzi taklif qilindi

Baho:
+ | -

«Milan» klubi qanot hujumchisi Rafael Leau Londonning «Tottenxem» klubiga taklif qilindi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «shporlar»ga Leauni taxminan 60-70 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati chiqqan. Qayd etilishicha, avvalroq Turkiyaning «Galatasaroy» va «Fenerbaxche» klublari portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishgan, biroq futbolchining o‘zi bu takliflarga rad javobini bergan.

Bundan oldin Leauning o‘zi ham shu yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirish, ya’ni boshqa jamoaga o‘tish niyati borligini ma’lum qilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Leau barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

27 yoshli vingerning «Milan» klubi bilan ayni damdagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:51, 04.07.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик