Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

APLning ikki klubi «Milan» tayanch yarim himoyachisini kuzatmoqda

APLning ikki klubi «Milan» tayanch yarim himoyachisini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Milan» klubining tayanch yarim himoyachisi Yussuf Fofana Angliya Premyer-ligasining nomi oshkor qilinmagan ikki klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqdagi ma’lumotni insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ushbu klublar «Milan»ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalariga kirmayotgan 27 yoshli fransiyalik futbolchi bo‘yicha so‘rov yuborishgan. Fofananing o‘zi ham shu yozda Italiya klubini tark etishga tayyor.

2025/26 yilgi mavsumda Fofana barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani rasmiylashtirdi.

Yarim himoyachining «rossonerilar» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining transfer qiymatini 23 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 12:56, 04.07.2026.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик