Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Reshford o‘z kelajagi borasida bayonot berdi

Reshford o‘z kelajagi borasida bayonot berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Reshford o‘z kelajagi borasida fikr bildirdi.

«Mening pozisiyam aniq edi. Kelajagim masalasi Jahon chempionati boshlangunga qadar hal bo‘lishini istagandim. Bu sodir bo‘lmadi, shu sababli ushbu masalani turnir yakuniga qadar qoldirmoqchiman. Hozirda bor e’tiborimni Jahon chempionatiga qaratganman. Biz bu yerda juda muhim va o‘ziga xos bo‘lgan maqsad yo‘lida kurashyapmiz», — deya Reshfordning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» futbolchisi o‘tgan klub mavsumini ijara asosida «Barselona»da o‘tkazgan edi. Biroq Kataloniya klubi shartnomadagi transferni sotib olish huquqini faollashtirmaslikka qaror qildi va natijada futbolchi Angliyaga qaytdi.

Kiritildi: 12:59, 04.07.2026.
O'qildi: 2064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик