Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Xassan: «Misr terma jamoasi 120 million insonni baxtli qildi»

Xassan: «Misr terma jamoasi 120 million insonni baxtli qildi»

Baho:
+ | -

Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichining ilk raundida Misr terma jamoasi Avstraliya milliy terma jamoasidan ustun keldi. Asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda raqiblar 1:1 hisobidagi durangni qayd etishdi, penaltilar seriyasida esa afrikaliklar aniqroq harakat qilishdi — 4:2.

Ushbu natija haqida misrlik forvard Xessem Xassan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Aql bovar qilmaydigan o‘yin bo‘ldi. Jamoamiz 120 million insonni baxtli qila oldi. Endi Misrda haqiqiy bayram bo‘ladi. Ikkala jamoada ham keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlar bor edi, hamma narsa 11 metrlik penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Biz tarixga kirdik. Bu juda ajoyib oqshom bo‘ldi», — deya futbolchining so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.

Jahon chempionatining keyingi bosqichida (1/8 finalda) Misr terma jamoasi Argentinaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 13:11, 04.07.2026.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик