Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Vinchenso Montella Turkiya terma jamoasidan iste’foga chiqarilmaydi

Vinchenso Montella Turkiya terma jamoasidan iste’foga chiqarilmaydi

Baho:
+ | -

Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella o‘z lavozimida qoladi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya futbol federasiyasi Jahon chempionati — 2026dagi omadsiz ishtirokka qaramay, italiyalik mutaxassisni jamoa boshqaruvida qoldirishga qat’iy qaror qilgan. Turkiya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida bor-yo‘g‘i 3 ochko jamg‘arib, keyingi bosqichga chiqa olmagan edi.

52 yoshli Montella 2023 yildan buyon Turkiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 36 ta uchrashuv o‘tkazib, 21 ta g‘alabaga erishdi, 5 marta durang o‘ynadi va 10 ta bahsda imkoniyatni boy berdi.

Montellaning ayni damdagi amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyul oyi oxirigacha, ya’ni navbatdagi Yevropa chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:14, 04.07.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик