Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2026ning 1/16 finali (pley-offning ilk raundi) doirasida Kabo-Verde ustidan qozonilgan qiyin g‘alaba (3:2) haqida gapirdi.
Keyingi bosqich yo‘llanmasi taqdiri faqat qo‘shimcha bo‘limlarda hal bo‘ldi. Asosiy 90 daqiqada 1:1 hisobidagi durang qayd etilgach, jamoalar overtaymlarda bir-birlarining darvozasiga yana uchta gol urishdi.
«Men futbolchilar bilan bugungi o‘yinning salbiy jihatlari haqida gaplashib olaman, biroq eng muhimi — biz tushkunlikka tushmadik va taslim bo‘lmadik. Bu turnirda oson raqiblar bo‘lishi mumkin emas. Kabo-Verde terma jamoasini ko‘rsatgan ajoyib o‘yini bilan tabriklayman. Hamma Argentinaning oson g‘alaba qozonishini kutgandi, lekin biz vaziyat qanchalik qiyin bo‘lishini hammadan birinchi bo‘lib anglab yetgandik.
Yaxshi yoki yomon o‘ynaganimiz haqida bahslashish mumkin, ammo futbolchilar eng muhim pallalarda mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishdan qo‘rqishmadi va hamma narsani nazorat ostida ushlab turishga harakat qilishdi», — deya Skalonining so‘zlarini AlbicelesteTalk nashri keltiradi.
Nimchorak finalda (1/8 finalda) Argentina terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushadi.













