Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Meksikalik muxlislar Angliya terma jamoasini hushtaklar bilan kutib oldi

Meksikalik muxlislar Angliya terma jamoasini hushtaklar bilan kutib oldi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasini, kutilganidek, jahon chempionatining 1/8 finalida mahalliy terma jamoaga qarshi o‘yin oldidan Meksikada sovuq kutib olishdi. Jamoa mehmonxonaga yetib kelgan vaqtda yuzlab mahalliy muxlislar ingliz futbolchilarini hushtaklar bilan kutib olishdi, deb qayd etmoqda BBC.

O‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqoriligi sababli rasmiylar xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Mehmonxona atrofiga polisiya xodimlari va Meksika Milliy gvardiyasi jangchilari joylashtirildi, tutash ko‘chalar esa to‘siqlar bilan yopildi.

Inglizlar Ekvador terma jamoasi bilan sodir bo‘lgan vaziyat takrorlanishidan qo‘rqib, yashash joylarini sir saqlashga harakat qilishgan edi. Meksikaga qarshi 1/16 final uchrashuvi oldidan Ekvador futbolchilari mehmonxona yaqinidagi shovqindan FIFAga shikoyat qilishgandi: meksikaliklar yarim kechasi karnaylar, mashina signallari va motosikllardan foydalanib, jamoaning uxlashiga xalaqit berishgan. Natijada ekvadorliklar turnir mezbonlariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Bundan tashqari, ob-havo sharoiti tufayli ham qo‘shimcha qiyinchiliklar yuzaga keldi. FIFA kutilayotgan momaqaldiroqlar sababli uchrashuv boshlanish vaqtini birdaniga 6 soatga surishni ko‘rib chiqdi, biroq Angliya futbol assosiasiyasi va Meksika futbol federasiyasi bilan muhokamalardan so‘ng vaqt o‘zgarishsiz qoldi.

Angliya jamoasi uchun yana bir sinov dengiz sathidan balandlik bo‘ladi. O‘yin dengiz sathidan taxminan 2240 metr balandlikda joylashgan shaharda bo‘lib o‘tadi. Kislorod miqdori pastligi sababli futbolchilarga jismoniy yuklamalarni ko‘tarish qiyinroq bo‘ladi.

Angliya va Meksika o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvi 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 15:31, 04.07.2026.
O'qildi: 575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик