Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Goal talqini: Fransiya JCH-2026 favoritlari reytingida peshqadamlikni qo‘lga oldi

Goal talqini: Fransiya JCH-2026 favoritlari reytingida peshqadamlikni qo‘lga oldi

Baho:
+ | -

Goal nashri JCH-2026 musobaqasining 1/16 final uchrashuvlaridan so‘ng bosh da’vogarlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Fransiya terma jamoasi ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi. Nashrning hisoblashicha, Didye Desham ixtiyorida turnirning eng kuchli hujum chizig‘i mavjud va sayt «kimdir ularning ketma-ket uchinchi bor JCH finaliga chiqishiga to‘sqinlik qila oladimi?» degan savolni o‘rtaga tashlagan.

Avstriya ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabadan (3:0) so‘ng Ispaniya ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Amaldagi jahon chempioni Argentina esa Kabo-Verdega qarshi kechgan juda og‘ir o‘yindan keyin uchinchi pog‘onaga pastladi. Goal jamoaning Lionel Messiga haddan tashqari bog‘lanib qolganini alohida qayd etgan.

Marokash terma jamoasi to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, Braziliya esa beshinchi pog‘onada qoldi. Portugaliya terma jamoasi esa sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi.

Goal talqiniga ko‘ra JCH-2026 favoritlari Top-10ligi:

  1. Fransiya

  2. Ispaniya

  3. Argentina

  4. Marokash

  5. Braziliya

  6. Angliya

  7. Kolumbiya

  8. Portugaliya

  9. AQSH

  10. Meksika

Kiritildi: 16:42, 04.07.2026.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик