Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

"Men ko‘rgan eng hayratlanarli o‘yin" — Mats Xummels Kabo-Verde terma jamoasiga qoyil qoldi

"Men ko‘rgan eng hayratlanarli o‘yin" — Mats Xummels Kabo-Verde terma jamoasiga qoyil qoldi

Baho:
+ | -

O‘z vaqtida Dortmundning «Borussiya» klubi va Germaniya terma jamoasida to‘p surgan Mats Xummels AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati — 2026 musobaqasida Kabo-Verde terma jamoasi ko‘rsatgan o‘yinga munosabat bildirdi.

Orolliklar dunyo birinchiligining 1/16 finalida Argentina terma jamoasiga jiddiy muammolar tug‘dira olishdi. Lionel Skaloni shogirdlari 90 daqiqa ichida Kabo-Verde to‘sig‘idan o‘ta olishmadi — amaldagi jahon chempionlariga g‘alaba (3:2) uchun qo‘shimcha bo‘limlar kerak bo‘ldi.

"Kabo-Verde. Bu men hayotimda ko‘rgan yaqqol autsayder tomonidan ko‘rsatilgan eng hayratlanarli o‘yin bo‘ldi", — deb yozadi germaniyalik futbolchi o‘z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Kabo-Verde terma jamoasi guruh bosqichida ham sensasiya qayd etib, Ispaniya bilan durang o‘ynagan edi (0:0). Shuningdek, afrikaliklar Urugvay (2:2) va Saudiya Arabistoni (0:0) bilan bahslarda ham mag‘lubiyatga uchrashmagandi.

Kiritildi: 17:45, 04.07.2026.
O'qildi: 779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик