Jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasi Portugaliyadan mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etganidan so‘ng, Xorvatiya futbol federasiyasi bosh murabbiyni o‘zgartirish haqida o‘ylay boshladi. Bu haqda Sportske Novosti nashri xabar bermoqda.
Rahbariyat amaldagi bosh murabbiy Zlatko Dalichga jamoadagi kelasi faoliyati haqida o‘ylab ko‘rishi va keyingi rejalarini tayyorlashi uchun vaqt berdi, biroq bunga parallel ravishda yangi ustoz qidirish ishlarini boshlab yubordi.
Bosh murabbiylik postiga asosiy nomzod sifatida Slaven Bilich ko‘rilmoqda. U 14 yillik tanafusdan so‘ng yana milliy terma jamoa boshqaruviga qaytishi mumkin. Shuningdek, variantlar orasida Ivisa Olichning ham nomi tilga olinmoqda.
Hali turnir boshlanishidan oldin federasiya vakillari Bilichning ehtimoliy tayinloviga bo‘lgan munosabatini bilish maqsadida terma jamoaning bir qator futbolchilari bilan suhbatlashishgan edi. Jamoa ichidagi reaksiya umumiy hisobda ijobiy bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, Bilich 2024 yilda Saudiya Arabistonining «Al-Fateh» klubidan ketganidan beri ishsiz hisoblanadi.













