Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Mbappe: «Biz ham qo‘pol futbol o‘ynay olamiz»

Mbappe: «Biz ham qo‘pol futbol o‘ynay olamiz»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe JCH-2026 1/8 finalida Paragvayga qarshi kechgan bahsdan keyin raqibning qattiq va tajovuzkor o‘yini haqida fikr bildirdi.

Hujumchining ta’kidlashicha, Paragvay fransuzlarga qarshi kuchga asoslangan va provokasion uslubni qo‘llashga uringan, ammo Didye Desham shogirdlari bunday ssenariyga tayyor bo‘lgan.

«Bu — ularning o‘yin uslubi. Har kim o‘zida bor imkoniyatlar bilan o‘ynaydi. Futbolda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri uslub degan tushuncha yo‘q. Faqat bitta yo‘l bor — g‘alaba qozonish. Ular bizga shu tarzda bosim o‘tkazishga harakat qilishdi, biz esa xuddi shunday javob qaytardik», — dedi Mbappe.

Fransiya terma jamoasi sardori yana shunday qo‘shimcha qildi:

«Ular bizni smokingda maydonga tushib, to‘pni chiroyli o‘ynatadi, deb o‘ylashgandi. Ammo yo‘q — biz ham qo‘pol futbol o‘ynay olamiz. Agar qo‘limizni kir qilishga to‘g‘ri kelsa, buni ham qilamiz. Hatto shunday o‘yinda ham biz yaxshiroq edik».

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lub etib, JCH-2026 chorak finaliga yo‘l oldi. Endi fransuzlar ushbu bosqichda Marokash milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 08:47, 05.07.2026.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик