Turinning «Yuventus» klubi shu yozda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida.
Tuttosport nashrining tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi yarim himoyachi Kefren Tyuramni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Jamoa fransuz futbolchisining sotuvidan 50 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda. «Yuventus» ushbu mablag‘ni Frank Kessi va Stanislav Lobotkani transfer qilish uchun reinvestisiya qilmoqchi. Har ikki futbolchi ham hozirda erkin agent maqomida bo‘lib turibdi, shu sababli Tyuramdan keladigan mablag‘ ularning maoshlarini qoplash uchun yo‘naltiriladi.
2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida 69 ochko bilan oltinchi o‘rinni egalladi. Turin klubi kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok eta olmaydi va o‘z yurishini Yevropa ligasida davom ettiradi.













