Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis JCH-2026 ning 1/8 finali doirasidagi Marokashga qarshi uchrashuvda nima uchun maydonda ko‘rinish bermaganiga izoh berdi.
«Kechagi mashg‘ulotda u o‘zini u qadar yaxshi his qilmadi. Biz MRT tekshiruvini o‘tkazdik, hammasi joyida chiqdi, biroq uning tizza orti paylarida (sonning orqa mushaklarida) og‘riq bor edi.
Albatta, u maydonga tusha olmaganidan afsusda. Lekin menimcha, bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Uning sog‘lig‘i va futbolchilik faoliyatini asrab qolishimiz kerak edi. U kuchini to‘liq tiklab olishi zarur», — deya Marshning so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Kanada 1/8 final bahsida Marokashga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Alfonso Devis esa butun o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.













