Fransiya futbol federasiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo Paragvay terma jamoasi sobiq golkiperi Xose Luis Chilavertning Fransiya milliy terma jamoasi sha’niga aytgan so‘zlarini keskin tanqid qildi.
Jamoalar o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvi oldidan Chilavert paragvayliklar «Afrika terma jamoasi»ga qarshi maydonga tushishini aytib, fransuzlar tarkibidagi aksariyat futbolchilarning kelib chiqishiga shama qilgan edi.
«Men Chilavertning Fransiya terma jamoasiga qaratilgan irqchilik xarakteridagi bayonotlarini eng qat’iy tarzda qoralayman», — deya Dialloning so‘zlarini keltiradi FFF matbuot xizmati.
U o‘z so‘ziga qo‘shimcha qilib, Chilavert o‘z vaqtida buyuk darvozabon bo‘lganligini, biroq yillar o‘tib o‘z obro‘si va reputasiyasini yo‘qotganini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv fransuzlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va ular chorak finalga yo‘l olishdi.













